SMM marketing

shape
shape
shape
shape
shape
shape
shape
shape

SMM(Social Media Marketing) – ijtimoiy tarmoqlarda marketing


Ijtimoiy tarmoqlarda marketing – juda effektiv qurol bo’lib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy medida muhitlar – bu mijozlar/foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. Eng katta farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan ko’ra ancha ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlidir. SMM reklamadan ko’ra ko’proq PR’ga o’xshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashdir.

SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo’lgan vazifalar:

  • Brend yaratish va uni yurgizish/tanitish
  • Brendni mashhur qilish, unga bo’lgan qiziqishni oshirish;
  • PR
  • Mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo’lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko’rsatish.

image

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o'z bozorlari faollari, balkim, o'rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o'z mijozlari bilan qayta aloqani yo'lga qo'yishmoqda.